25.11.2024 12:33

Orda: Tokaev BMT bosh kotibi lavozimiga nomzodini qoʻyishi mumkin

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaevning 2026 yilda boʻlib oʻtadigan BMT bosh kotibi saylovida oʻz nomzodini qoʻyishi mumkinligi xabar qilindi. Bunga Tokaevning soʻnggi vaqtlardagi siyosiy faolligi, xorijiy davlatlarga safarlari hamda BMT bosh kotibi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgani asos qilib keltirildi.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaevning 2026 yilda boʻlib oʻtadigan BMT bosh kotibi saylovida oʻz nomzodini qoʻyishi mumkin. Bu haqda Orda nashri xabar bermoqda.

“Qozogʻiston prezidenti Tokaev misli koʻrilmagan siyosiy va diplomatik faollik koʻrsatmoqda. Bu endi odatiy tartib emas, bunday xalqaro faoliyat muayyan sabablarni talab qiladi. Ular qoʻllab-quvvatlash va ovoz olish istagida boʻlganida boshqa davlatlar bilan shunday qizgʻin muloqot olib boradi”, — deyiladi Orda nashri xabarida.

Bunga uning soʻnggi vaqtlardagi siyosiy faolligi, jumladan, Serbiya, Vengriya, Frantsiya va Qirgʻizistonga safarlari misol qilib keltirilgan.

Qayd etilishicha, bu faoliyat Tokaevning 2026 yilda boʻlib oʻtadigan BMT bosh kotibi saylovida oʻz nomzodini qoʻyish rejasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Shuningdek, Tokaevning 2011-2013 yillarda BMT bosh kotibi oʻrinbosari va Jenevadagi idorasi rahbari boʻlgani esga olingan.

Mavzuga aloqador