12.02.2024 10:24

Oʻn minglab chet elliklar Turkiyani tark etmoqda

Yashash ruxsatnomasi muddatining uzaytirilmasligi, yangi kelganlarga ruxsat berilmasligi, uy va ijara narxlari keskin ortib ketgani sababli oʻn minglab chet elliklar Turkiyani tark etmoqda. Birgina Antalyani 2023 yilda 40 ming xorijlik tark etdi.

Yashash ruxsatnomasi muddatining uzaytirilmasligi, yangi kelganlarga ruxsat berilmasligi, uy va ijara narxlari keskin ortib ketgani sababli oʻn minglab chet elliklar Turkiyani tark etmoqda, deya yozdi Posta nashri.

Antaliyaga xorijliklar oqimi shaharning koʻplab hududlarida, ayniqsa uy-joylar narxlarining keskin oshishiga sabab boʻldi. Qayd etilishicha, bu ortishlar nafaqat chet elliklarning asosiy qismini tashkil etuvchi rus va ukrainlar, balki mahalliy aholiga ham taʻʻsirini koʻrsatgan. Natijada hukumatga nisbatan norozilik kuchaydi va ortidan rasmiylar uy va ijara narxlari oshishini toʻxtatish maqsadida 10 ta mahallada chet elliklarga yashash guvohnomalarini berishni, boshqa mahallalarda ham yashash guvohnomasi muddati tugaganlarga uzaytirishni toʻxtatdi.

Natijada xorijliklar boshqa mamlakatlarga, asosan BAA va Seriyaga koʻchib ketishni boshladi.

Konyaaltidagi Eduant xalqaro rus maktabi egasi Viktor Bikkenevning nashrga maʻʻlum qilishicha, urushdan keyin Rossiyada harbiylikka yollash boshlanganidan keyin haddan tashqari koʻp immigratsiya boʻlganini aytib, hozir esa buning aksi boʻlayotganini taʻʻkidladi.

«Odamlar ketishga majbur. Ularning aksariyati Dubayga yoʻl oldi. Ularning aytishicha, Dubayda bunday muammo yoʻq ekan. Evropaning baʻʻzi mamlakatlarida ham hech qanday muammo yoʻq. Masalan, Serbiya ularni qabul qilmoqda. U erda xohlagancha qolib, ish topishi mumkin. Xorvatiyada ham xuddi shunday. Baʻʻzi mamlakatlar ruslarning kelishini yaxshi deb bilishadi. Chunki ular bilan maʻʻlum miqdorda pul olib kelishi mumkin. Ruslar Tailand, Bali va Maldiv orollariga ham borishmoqda», ‑ dedi u.

Bikkenev ruslar ketishi bilan narxlar ham pasayganini qayd etdi. “Koʻchmas mulk agenti bilan uchrashamiz, savdo yoʻq. Antaliyada dengiz sohilidagi uy narxi Mayami bilan bir xil yoki qimmatroq. Dubaydagi Burj Xalifa yonidagi uyni doʻstim zoʻrgʻa 1 million dollarga sotdi. Antaliya narxlari 1 million dollardan boshlanadi. Shunday qilib, narxlar gʻayritabiiy darajada oshdi. Hozir buning aksi, birorta ham uy sotilmayapti, narxi tushyapti. Migratsiya boshqarmasi yashash uchun ruxsatnoma bermasa, odamlarning qiladigan ishi qolmaydi”, dedi u.

Antaliyada asosan xorijliklarga uy-joy sotish ustida ishlagan koʻchmas mulk agenti Zehra Arslan uy‑joy narxlarida 50 foizgacha pasayish kuzatilgani, oʻrtacha pasayish 15‑25 foizni tashkil etayotganini maʻʻlum qildi. 

Mavzuga aloqador