Omskda birinchi halol restoran ochildi
Rossiyaning Omsk shahrida birinchi halol restoran – Tasu oʻz faoliyatini boshladi. Bu haqda RBK xabar berdi. Restoranni Bolsherech tumani sobiq deputati, tadbirkor va “Tatariston – Omsk” ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish markazi direktori Radik Minixanov ochgan.
Ushbu halol restoran shahar markazida joylashgani bilan ahamiyatlidir. U oilaviy formatda ishlaydi: restoranda spirtli ichimliklar taklif qilinmaydi.
“Musulmonlarda "halol" va "harom" tushunchalari bor. Shu sabab ham biz restoranda alkogolsiz oilaviy muhitni yaratdik. Menyuda Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Checheniston, Tatariston oshxonalariga xos taomlar mavjud”, degan Minixanov.
Agar restoran ommalashsa, tadbirkor kelgusida bu kabi umumiy ovqatlanish shoxobchalari tarmogʻini yaratmoqchi. Bildirilishicha, loyihaga taxminan 12 million rublь mablagʻ kiritilgan.