Nukusdan Istanbulga samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi Nukusdan Istanbulga toʻgʻridan-toʻgʻri samolyotlar qatnovini yoʻlga qoʻyadi. Parvozlar haftada bir marta – dushanba kunlari amalga oshirilishi aytilmoqda.
Uzbekistan
Airways milliy aviakompaniyasi Nukus – Istanbul yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni
yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Nukus – Istanbul – Nukus yangi yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri
parvozlar xalqaro aeroportdan Airbus A320 Neo samolyotlarida haftada bir marta – dushanba kunlari amalga
oshiriladi.
“Qoraqalpogʻiston Respublikasiga sayyohlar oqimini koʻpaytirish
va ularga sifatli xizmat koʻrsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Uzbekistan
Airways milliy
aviakompaniyasining Nukus-Istanbul-Nukus yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslari
ochilmoqda, — deyiladi xabarda.
Qoʻmita xabariga koʻra, birinchi reys 17 iyunga moʻljallangan.