12.01.2024 15:18

Ayasofya masjidiga kirish pulli boʻldi

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan tarixiy Ayasofya jomeʻʻ masjidiga kirish 15 yanvardan chet ellik sayyohlar uchun pulli boʻldi. Madaniyat va turizm vazirligi kirish toʻlovini kishi boshiga 25 evro etib belgiladi.

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan tarixiy Ayasofya jomeʻʻ masjidiga kirish 15 yanvardan boshlab chet ellik sayyohlar uchun pulli boʻldi. Ayasofyaga kirish toʻlovi kishi boshiga 25 evro etib belgilandi.

“Ibodat qilish uchun kelgan Turkiya Respublikasi fuqarolari ibodat maydoniga bepul kirishda davom etadilar, galereya qavatiga tashrif buyurish uchun kelgan sayyohlar esa kirish joyidan chipta sotib olib, galereya qavatiga kiradilar”, - deyiladi Madaniyat va turizm vazirligining 11 yanvardagi qarorida.

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy oʻtgan yilning oktyabrʻ oyida Ayasofya masjidini ziyorat qiladigan xorijlik sayyohlardan toʻlov undirilishini maʻʻlum qilgandi.

Vazir Ersoy oʻz bayonotida, Ayasofyani ziyorat qilgan xorijlik sayyohlardan 2024 yil 15 yanvardan boshlab chipta toʻlovi olinishiga eʻʻtibor qaratib, "Turk fuqarolarimizning ibodat maqsadida tashrif buyurishlari avvalgidek bepul boʻladi. Bu amaliyot dunyoning koʻplab mamlakatlarida ham mavjud”, degan edi. 

Mavzuga aloqador