Global Traveler jurnali oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada Istanbul aeroporti beshta mukofotga sazovor boʻldi.

Amerikaning Global Traveler jurnali tomonidan Istanbul aeroporti “Dunyoning eng yaxshi aeroporti” deb topildi. Turkiya shahrining havo bandargohi Evropadagi ham eng yaxshi aeroport sifatida ham tan olindi.

Yangi Istanbul aeroporti, shuningdek, "Oziq-ovqat va ichimliklar uchun eng yaxshi aeroport", "Eng yaxshi aeroport xaridi" va "Evropadagi eng yaxshi bojsiz savdo tajribasini taklif qiluvchi aeroport" mukofotlariga sazovor boʻldi.

Jurnalning oylik 500 mingga yaqin oʻquvchilari yil davomida oʻzlari olgan sayohat xizmatlari, mehmonxonalar, aviakompaniyalar va kruiz sayohatlarini hayotiy tajribalari asosida baholagan, deyiladi nashr bayonotida.

Soʻrov natijalariga koʻra, Global Traveler jurnalining oʻrtacha oʻquvchisi yiliga 18 ta ichki reysni amalga oshiradi, ularning 96 foizi muntazam ravishda chet elga sayohat qiladi va 80 foizdan ortigʻi yiliga esa oʻrtacha 80 kundan ortiq 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarda qoladi.

"Global Traveler jurnali oʻquvchilari tomonidan bir emas, beshta nominatsiyada eʻʻtirof etilishimiz sohamizdagi yuksak yutuq hamda aeroportimizdagi har bir xodimning fidoyiligi, mehnatsevarligi va mukammalligidan dalolat ekanini tushunamiz", - dedi Istanbul aeroportining kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Goʻkxan Shengul.

 

 

Mavzuga aloqador