22.03.2025 08:56
170
Navroʻz munosabati bilan Tojikistonda 200 mahkum afv etildi
Tojikiston prezidenti tomonidan eъlon qilingan “Afv etish toʻgʻrisida”gi farmonga asosan 200 nafar mahkum, jumladan 53 nafar ayol, 147 nafar erkak va 27 nafar voyaga etmagan shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilindi. Bu haqda NIAT “Xovar” axborot agentligi xabar bermoqda.
Mazkur afv xalqaro Navroʻz bayrami munosabati bilan eъlon qilingan.
Umuman olganda, prezident farmoni boʻyicha jami 897 nafar shaxs afv etilishi koʻzda tutilgan boʻlib, ular bosqichma-bosqich ozod etiladi.