25.06.2025 08:41
182
Muttaqiy: Turkiya Afgʻoniston tashqi siyosatida alohida oʻringa ega
Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) TIV rahbarlari kengashining 51-sessiyasi doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan uchrashdi.
Muttaqiy mamlakatlar oʻrtasidagi chuqur tarixiy aloqalarni taъkidlab, Turkiyani Islomiy Amirlik tashqi siyosatida “alohida va strategik” rol oʻynaydigan davlat sifatida qayd etdi. Shu bilan birga, u hukumatlarni ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi.
Fidan esa Turkiya uchun Afgʻonistonning muhimligini va turli sohalarda oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligini aytib oʻtgan.