10.06.2025 06:09
162

Moskvadagi reyd: Migratsiya agentligi xavotir bildirdi



Oldinroq, Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolarining huquqiy maqomini tekshirish boʻyicha tadbirlar davomida Rossiya gvardiyasi tomonidan migrantlarga nisbatan kuch ishlatilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Moskvadagi reydlar chogʻida muhojirlarga, jumladan, vatandoshlarimizga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani haqidagi xabarlardan "afsus va taassufda" ekanini maъlum qildi.

Rossiya hukumati vakillari va yirik ish beruvchilar tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatga tartibli va tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilishga yildan yilga keskin qiziqish ortib borayotgan bir sharoitda ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chet el fuqarolariga nisbatan bunday qoʻpol munosabatni kuzatilishi afsus va taassuf uygʻotadi, deyiladi agentlikning xabarida.

Qayd etilishicha, holat Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan. Idora Rossiya huquq-tartibot idoralaridan rasmiy maъlumot kutmoqda.

Mavzuga aloqador