04.04.2024 11:31

Amaldorlar Moskvadagi musulmonlarga hayit namozini uyda oʻqishni tavsiya qilmoqda

Moskva hukumati "tegishli tashkilotlar orqali namozxon musulmonlar Moskva shahri hududida joriy etilgan cheklovlar, shuningdek, poytaxtdagi masjidlardan jonli efirlar tashkil etilishi toʻgʻrisida xabardor qilinayotgani"ni 

musulmonlarga Ramazon hayiti namozini uyda oʻqishni tavsiya qilmoqda. "Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlaridan kelayotgan xorijlik fuqarolarni xabardor qilishga alohida eʻʻtibor qaratish maqsadga muvofiq boʻladi


Moskva shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar boshqarmasi Moskvadagi musulmonlarga Ramazon hayiti namozini uyda oʻqishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda Islam News boshqarma rahbari Ivan Petrovning Rossiya poytaxti okruglari maʻʻmuriyatlari rahbarlariga yoʻllagan xatiga tayanib xabar qildi.

Xatda 10 aprelʻ kuni ertalab oʻtgan yillarda bayram namozi oʻqilgan oltita joy - toʻrtta masjid (Moskva jomeʻʻ masjidi, Tarixiy, Memorial va “Yardyam”) va ikkita muqobil maydon («Sokolʻniki» madaniyat va istirohat bogʻi va “Moskva” Texnik sport markazi)da musulmonlarning ommaviy ravishda yigʻilishi kutilayotgani qayd etilgan.

Boshqarma boshligʻi tegishli tashkilotlar orqali namozxon musulmonlar Moskva shahri hududida joriy etilgan cheklovlar, poytaxtdagi masjidlar va ibodat joylaridan jonli efirlar tashkil etilishi toʻgʻrisida xabardor qilinayotgani taʻʻkidlagan.

“Musulmonlarga bayram namozini uyda oʻqish tavsiya etiladi […] Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlaridan kelayotgan xorijlik fuqarolarni xabardor qilishga alohida eʻʻtibor qaratish maqsadga muvofiq boʻladi”, — deyiladi hatda.

Taʻʻkidlash joizki, Islom dini talablariga koʻra, Ramazon va Qurbon hayiti namozlari tegishli joylarda jamoat boʻlib oʻqiladi.

Xatda boshqarma boshligʻining hayit namozini uyda oʻqishni tavsiya qilish sababi keltirilmagan. Biroq “Krokus Siti Xoll”dagi qoʻporuvchilik harakatidan soʻng Rossiyada barcha turdagi ommaviy tadbirlar, kontsert va sport musobaqalarini oʻtkazish taqiqlangan edi. 

Mavzuga aloqador