05.04.2024 15:26

Moskvada hayit namozi onlayn oʻqilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi Ramazon hayiti namozi onlayn oʻqilishi haqidagi xabarlarni rad etib, odatdagidek masjidlarda ado etilishini maʻʻlum qildi. Moskva hukumati bu yilgi Ramazon hayiti tadbirlarida 400 ming kishining ishtirok etishini kutmoqda.

Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi Ramazon hayiti namozi odatdagi shaklda: masjidlarda oʻqilishini maʻʻlum qildi.

“Moskva rasmiylarining buyrugʻi bilan Qurbon hayiti onlayn tarzda oʻtkaziladi, degan maʻʻlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, - deyiladi xabarda.

Bayram namozi Rossiya poytaxtidagi Tinchlik xiyoboni yaqinida joylashgan jomeʻʻ masjidida 10 aprelʻ kuni soat 07:00 da oʻqiladi.

Bayram davomida masjidga uzrli sabablarga koʻra tashrif buyura olmaganlar maʻʻruzalarni tinglashlari va bayram muhitini his qilishlari uchun bayram xutbasining onlayn translyatsiyasi tashkil etiladi.

Moskva hukumati maʻʻlumotlariga koʻra, Qurbon hayiti sharafiga oʻtkaziladigan tadbirlarda 400 mingdan ortiq kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Moskva musulmonlari idorasi bayram vaqtida tiqilinchlarning oldini olish uchun tartibni saqlashga, koʻngillilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining talablarini bajarishga chaqirdi. Shuningdek, katta sumkalar va ryukzaklardan foydalanishdan qochish tavsiya etildi. Terrorchilik xavfi yuqori darajada boʻlishda davom etayotgani sababli hushyor boʻlish soʻraldi.

Mavzuga aloqador