09.10.2025 17:25
50

Moskva tovon toʻlashga tayyor. Putin Aliev qarshisida "otdan tushdi"


Dushanbedagi “Kohi Somon” qarorgohida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muzokara mavzularidan biri oʻtgan yilning dekabrь oyida Oqtau yaqinida halokatga uchragan Ozarbayjon aviakompaniyasining samolyoti bilan bogʻliq vaziyat boʻldi.

Putinning maъlum qilishicha, ruslar otgan ikki raketa laynerga toʻgʻridan-toʻgʻri tegmagan, balki undan bir necha metr uzoqlikda portlagan.Ozar samolyotiga raketalarning parchalari zarar etkazgan boʻlishi mumkin. Shuningdek, Rossiya rahbari oʻsha vaqtda paydo boʻlgan Ukraina droni ham aviahalokat aybdori ekani haqidagi taxminni ilgari surdi.

Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, halokatdan avval Boku–Grozniy yoʻnalishida uchgan samolyot ekipajiga Maxachqalъaga qoʻnish taklif qilingan, biroq ular belgilangan manzil tomon parvozni davom ettirishga qaror qilgan.

“Biz barcha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beramiz va bunday fojiali holatlar boʻyicha tovon toʻlash uchun zarur choralarni koʻramiz”, degan Putin.

Mavzuga aloqador