24.06.2024 07:21

Misr Isroilga mahsulot etkazib berishni ikki baravarga oshirdi



Gʻazoda davom etayotgan falastinliklarning qirgʻiniga qaramay, Misrning Isroilga eksporti oʻtgan yilga nisbatan ikki baravarga oshgan. Bu haqda Isroil Markaziy statistika byurosining hisobotida maʻʻlum qilindi.

Qayd etilishicha, may oyida Misrning Isroilga etkazib bergan mahsulotlari qiymati 25 mln dollarni tashkil etgan.

BAA va Iordaniyadan ham Isroilga eksport hajmi oshib, savdo qiymati mos ravishda 242 mln dollar (oʻtgan yili 238.5 mln dollar) va 35,7 mln dollar (oʻtgan yili million 32,3 mln dollar)ga etgan. 

Oktyabrʻ oyidan buyon ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashib borayotganiga qaramay, oʻtgan yil ichida Isroilning Misrga tabiiy gaz eksporti keskin oshgani sababli, energiya va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik faollashgan.

Maʻʻlumot uchun, ikki davlat 2025 yilga borib yillik tovar ayirboshlash hajmini qariyb 700 mln dollarga etkazishni kelishib olgan edi.

Mavzuga aloqador