25.07.2025 14:57
223
Mirziyoevni haqoratlagan shaxs Ozarbayjonda ushlandi
Ozarbayjonda Oʻzbekiston prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ajans nashri xabar berdi.
(https://ajans.az/azerbaycan-ozbekistan-prezidentini-tehqir-eden-sexsiolkesine-tehvil-verdi)
Qayd etilishicha, A.Yusupov Oʻzbekiston prezidenti shaъni va qadr-qimmatini haqorat qilish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan. Joriy yilning aprel oyida Ozarbayjonda shaxsi aniqlanib, hibsga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Shuningdek, 2002 yil 7 oktyabrda imzolangan "Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida"gi Konventsiyasi asosida Adliya vazirligining maxsus konvoylari hamrohligida Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organiga topshirilgan.
Maъlumot uchun, avvalroq prezidentni haqorat qilgan 20 yoshli yigit 2 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan edi.