16.04.2025 12:48
191
Mirziyoevga murojaat qilgan imom nega qamaldi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Shavkat Mirziyovga murojaati bilan mashhur boʻlgan Toshkentdagi "Omina" jome masjidining sobiq imom-xatibi Fazliddin Parpievning Istanbulda qoʻlga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritish uchun "Azon Global" jamoasi Parpievning yaqinlari bilan bogʻlandi.
Parpievning yaqinlariga koʻra, kecha, 15 aprelь kuni tonggi soat 4 larda harbiy kiyimdagi odamlar Fazliddin Parpievning Istanbuldagi uyiga bostirib kirishgan. Ular uy egalariga hech bir ruxsatnoma koʻrsatmagan holda Parpievning uyida tintuv oʻtkazgan.
Harbiy kiyimdagilar Parpievning uyidan qurol-yarogʻ qidirib topa olishmagach, undan bir necha bor qurollarni qaerga yashirganini soʻrashgan. Hech qanday qarshilik koʻrsatmaganiga qaramay Parpievni haqoratlab, kaltaklashgan.
Parpievning yaqinlariga koʻra, bir paytlari Mirziyoevga murojaati bilan mashhur boʻlgan imomni qoʻlga olish uchun Oʻzbekiston tomonidan maxsus soʻrov yuborilgan boʻlishi mumkin.
Hozircha Oʻzbekiston elchixonasi yoki konsulligi bunga hech qanday izoh bergani yoʻq.
Bugun Fazliddin Parpievning yaqinlari bilan boʻlgan suhbatimizni batafsil Azon Global'da oʻqishingiz mumkin.