02.08.2025 16:15
94

Mirziyoev Xitoy raisiga hamdardlik bildirdi


 
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga hamdardlik bildirdi.

Maъlumot uchun, Xitoy poytaxti Pekin shahri va Xebey muzofotida roʻy bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgan va jarohat olgan, infratuzilmaga katta ziyon etgan.

Mirziyoev vafot etganlarning oila aъzolari va yaqinlariga taskin-tasalli soʻzlarini yoʻllab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tilagan.

Mavzuga aloqador