24.09.2025 15:10
238
Mirziyoev va Tramp Nьyu-Yorkda uchrashdi
Kecha, 23 sentyabrь kuni Nьyu-York shahrida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donalьd Trampning muzokaralari boʻlib oʻtdi. Suhbat BMT Bosh qarorgohida, tashkilot Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida oʻtkazildi.
Muzokaralar davomida ikki mamlakat etakchilari Oʻzbekiston-AQSh strategik sherikligini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy va global ahamiyatga ega masalalarni muhokama qilgan.
Shavkat Mirziyoev Donalьd Trampni ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi va uning xalqaro barqarorlikni taъminlashga qaratilgan saъy-harakatlarini yuqori baholadi, deyiladi xabarda.
Suhbatda soʻnggi yillarda siyosiy muloqot va ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, turli yoʻnalishlarda yirik shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirilgani taъkidlandi. Ularning amalga oshirilishi ikki mamlakatda minglab yangi ish oʻrinlari yaratishi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoev Donalьd Trampni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etgan.