10.05.2025 11:23
116
Mirziyoev va Putin Moskvada uchrashdi
Kecha, 9 may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Mirziyoev va Putin suhbat avvalida Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan bir-birini qutlagan.
Prezident matbuot xizmatining yozishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda Putinning oʻtgan yilgi Oʻzbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrilgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik surъatini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani taъkidlangan.
Ayniqsa, gumanitar almashinuvlar, eng avvalo, madaniyat, sanъat, fan va taъlim sohalarida samarali boʻlayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.