29.05.2025 11:46
106
Mirziyoev va Jorja Meloni ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtdi
Samarqand shahridagi Kongress markazida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Italiya Respublikasi bosh vaziri Jorja Melonining yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Unda ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, Savdo sohasida biznesga texnik koʻmak dasturlarini kengaytirishga kelishib olingan.
Evropa Ittifoqi bozoriga chiqish uchun oʻzbekistonlik eksportchilarni oʻqitish, Toshkentda qoʻshma Sertifikatlash markazini tashkil etish, Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisidagi bitimni qabul qilishni tezlashtirish ham shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, Mirziyoev Italiyaning etakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushirishni taklif qilgan.
Taъlim sohasida mamlakatimizda Tushiya universiteti filialini, Piza, Trento, Roma Tre va Ka-Foskari universitetlari bilan ikki tomonlama diplom dasturlarini ishga tushirish rejalari qoʻllab-quvvatlangan.
Tashrif doirasida mehnat migratsiyasi sohada tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan bitim ham imzolandi.