01.09.2025 11:56
138
Mirziyoev ShHTni kengaytirish tarafdori ekanini bildirdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoyda boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida soʻzga chiqdi. Davlat rahbari Toshkentning tashkilotni bosqichma-bosqich kengaytirish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlashini maъlum qildi. (https://president.uz/uz/lists/view/8448)
Mirziyoevning taъkidlashicha, ShHT muloqot boʻyicha hamkorlar tarkibini, jumladan boshqa mintaqalardagi davlatlar hisobiga kengaytirish, tashkilotni global Janub mamlakatlari bilan hamkorlik platformasiga aylantirish imkonini beradi.
"Biz tashkilotni izchil kengaytirish tarafdorimiz, chunki "ShHT modeli"ning muvaffaqiyati uning ochiqligi va keng hamkorlikka yoʻnaltirilganligidadir. Oʻz kelajagini ShHT bilan bogʻlaydigan davlatlarning intilishini qoʻllab-quvvatlaymiz", degan prezident.