24.09.2025 12:13
151
Mirziyoev Gʻazo va Ukrainadagi vaziyatga toʻxtaldi
Mirziyoev Gʻazo va Ukrainadagi vaziyatga toʻxtaldi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ukraina va Gʻazoda roʻy berayotgan voqealarga toʻxtalib, bu harakatlarga nuqta qoʻyish kerakligini taъkidladi. Bu haqda u 23 sentyabrь kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida aytib oʻtdi.
Prezident Gʻazo sektoridagi tobora yomonlashib borayotgan gumanitar inqiroz haqida gapirar ekan, harbiy harakatlarni toʻxtatish va siyosiy muzokaralarni davom ettirishga chaqirgan.
“Biz BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini amalga oshirishning qatъiy tarafdorimiz”, degan Mirziyoev BMT minbarida turib.
Shuningdek, Oʻzbekiston etakchisi Ukraina atrofidagi vaziyat ham barchani jiddiy tashvishga solayotganini qayd etib, bu muammoni diplomatik yoʻllar bilan hal etish boʻyicha yuqori darajadagi muloqotlar boshlanganini olqishlagan.
Prezident barchaning barqaror taraqqiyotini taъminlash haqida soʻz yuritilar ekan, mamlakatlar oʻrtasida raqamli rivojlanish va sunъiy intellektdan foydalanishda tengsizlikning oldini olish juda muhim ekaniga eъtibor qaratgan. Shu maъnoda, sogʻliqni saqlash, taъlim va madaniyat sohalarida sunъiy intellektning amaliy echimlari va modellarini begʻaraz almashishga qaratilgan xalqaro hamkorlik mexanizmini yaratish taklif etilgan.