13.03.2025 14:53
245

Mirziyoev Frantsiyaning faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi


Prezident Shavkat Mirziyoev Frantsiyaning oliy mukofoti - faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi.

Frantsiyaga tashrif doirasida Parij shahrida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni Frantsiya Respublikasining oliy mukofoti — faxriy legion ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mukofotni davlat rahbariga Frantsiya prezidenti Emmanuelь Makron tantanali ravishda topshirdi.

«Oʻzbekiston prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun ushbu ordenga sazovor boʻldi», deyiladi xabarda.

Mamlakat etakchisi mukofot uchun Frantsiya rahbariga minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda sermahsul hamkorlikda yuqori natijalarga erishilgani, ikki mamlakat munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini qayd etdi.

Faxriy legion ordeni 1802 yilda taъsis etilgan. Frantsiyada ushbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida eъtirof etilishi va shon-sharafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.


Mavzuga aloqador