09.07.2025 12:05
90
Mirziyoev erta nikoh uchun javobgarlikni kuchaytirish topshirigʻini berdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev masъullarga erta nikoh uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlash haqida topshiriq berdi. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi Murodbek Mahmudov «Oʻzbekiston 24» telekanaliga maъlum qildi.
Mahmudovga koʻra, sogʻliqning buzilishiga sabab boʻlgan engil shikast etkazish jinoyati uchun ham javobgarlikni qayta koʻrib chiqish vazifasi berilgan.
Uning qayd etishicha, erta nikoh va erta tugʻruqlarning oldini olish choralari keskin kuchaytirish maqsadida Bosh prokuratura va Adliya vazirligi tizimlari integratsiya qilingan. Ularni darhol aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati kengaytirilgan.
Mahmudov, shuningdek, Mahalla uyushmasi, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyishi orqali chetdan qaytganlarni chegaradan kirishi bilan hisobga olish tizimi yoʻlga qoʻyilishini aytdi.