17.09.2025 12:05
10

Mirziyoev dunyoda kambagʻallar koʻpayib borayotganini maъlum qildi



Prezident Shavkat Mirziyoev bugun, 17 sentyabrь kuni Namangan shahrida 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirokidagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” xalqaro forumining ochilishida nutq soʻzladi.

Mirziyoev kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha uchinchi bor oʻtkazilayotgan xalqaro anjumanda ishtirok etayotgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bosh vitse-prezidenti Sachiko Imoto, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Kaxa Imnadze, Jahon bankining kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha global direktori Luis Felipe Lopez-Kalьva va barcha mehmonlarga minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, u insoniyat oqibatini oldindan aytib boʻlmaydigan oʻta keskin va murakkab davrni boshidan kechirayotganini qayd etdi. 

2015 yildan buyon global iqtisodiy oʻsish surъati oʻrtacha 3 foizni tashkil etib, oldingi oʻn yillikka nisbatan sekinlashdi. Oqibatda, agar besh yil oldin dunyoda 650 million aholi kambagʻallikda yashagan boʻlsa, bugun ularning soni 800 milliondan oshdi.

Mavzuga aloqador