24.09.2025 11:06
200
Mirziyoev BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirishni taklif qildi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 sentyabrь kuni Nьyu York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida oʻz ishini boshlagan BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umum-siyosiy munozaralarida nutq soʻzladi.
Mirziyoev soʻzining avvalida ishtirokchilarni BMT Bosh Assambleyasining yubiley anjumani –80-sessiyasi bilan samimiy qutlagan. Mazkur yigʻilish shiddat bilan oʻzgarayotgan murakkab global vaziyatda oʻtayotgani, bu esa tashkilot faoliyati va uning kelajagiga yangicha yondashuvlar bilan qarashga chorlayotganini qayd etdi.
“Hozirgi kunda dunyoda xalqaro institutlarning oʻrni va roli zaiflashmoqda, qarama-qarshilik, nizo va urushlar kuchaymoqda, texnologik va ijtimoiy tengsizlik keskin oshmoqda, iqtisodiy va gumanitar inqirozlar ortib bormoqda. Bularning hammasi mutlaqo yangi, xavotirli geosiyosiy voqelikni vujudga keltirmoqda”, degan Mirziyoev..
Prezident Bosh kotib Antoniu Guterrishning eng ogʻir va oʻtkir global masalalarni murosa bilan hal etish uchun BMTni asosiy platforma sifatida saqlab qolishga qaratilgan saъy-harakatlarini yuksak baholagan. “BMT – 80” tashabbuslarini toʻliq qoʻllab-quvvatladi, mamlakatimiz Kelajak uchun paktga qatъiy sodiqligini tasdiqladi.
Oʻzbekiston etakchisi zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va uning tarkibini kengaytirishga chaqirdi.