27.09.2025 14:51
288
Mingga yaqin bogʻcha bolalarining zaharlanishi ortidan 7 kishi qamoqqa olindi
Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda kuzatilgan ommaviy zaharlanishga oid jinoyat ishi tergovi doirasida 7 kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllandi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Qoʻlga olinganlarning 3 nafari – zaharlanishga sabab boʻlgani aytilayotgan oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxona mansabdorlari. Yana 4 kishi bogʻchalarga oziq-ovqat etkazib beruvchi autsorser firmalar mansabdorlari hisoblanadi.
Jinoyat ishi tergovi viloyat IIBBdan ichki ishlar vazirligiga oʻtkazilgan.
Sanepid maъlumotlariga koʻra, oʻtkir gastroenterit tashxisi qoʻyilgan bogʻcha tarbiyalanuvchilari soni 963 nafar boʻlib, hozirgacha ulardan 269 nafari sogʻaygan, yana 421 nafariga tuzalgani uchun bugun, 27 sentyabrda shifoxonadan uyiga javob berilishi kutilyapti.



