14.12.2024 09:32

Mediamahsulotlarni «maʻʻnaviy ekspertiza»dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilindi



Adliya vazirligi Maʻʻnaviyat va maʻʻrifat markazining media mahsulotlar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarni «maʻʻnaviyat ekspertizasi»dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori vatandoshlarning huquq va manfaatlariga daxl qilishi mumkinligini aniqladi. Ushbu qaror davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan va yuridik kuchga ega emas. 

Oʻzbekiston Adliya vazirligi Maʻʻnaviyat va maʻʻrifat markazining media mahsulotlarni «maʻʻnaviy ekspertizadan oʻtkazish» toʻgʻrisidagi qarori loyihasida vatandoshlarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi umummajburiy kuchga ega boʻlgan huquqiy normalar mavjudligini aniqladi.

«Amaldagi qonunchilikka muvofiq, vazirlik va idoralarning shunday turdagi huquqiy hujjatlari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan bu turdagi hujjatlar tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, media mahsulotlarini «maʻʻnaviy ekspertiza»dan oʻtkazishni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilingan va ijrodan chaqirib olingan.

Shu bilan birga, Maʻʻnaviyat va maʻʻrifat markazi mutaxassislari tomonidan turli manbalarda tarqatilgan media mahsulotlarning amaldagi qonunchilikka zidligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish yuzasidan tahliliy fikrlar tarzida vakolatli organlarga belgilangan tartibda taklif kiritib borish maqsadga muvofiqligi haqida tavsiyalar berilgan.

Eslatib oʻtamiz, Maʻʻnaviyat va maʻʻrifat markazi noyabrʻ oyi boshida «Maʻʻnaviyat ekpertizasi» joriy etilishini eʻʻlon qilgandi. Koʻpchilik tomonidan mazkur loyiha tsenzura sifatida qabul qilindi va eʻʻtirozlarga sabab boʻldi. Shundan soʻng markaz ekspertlar guruhi faqat tavsiyalar berishini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador