Marin Le Pen Imomoʻgʻliga hasad qilmoqda
Akrom Imomoʻgʻli korruptsiya, pora va talon-toroj qilish ayblovlari bilan hibsda. Ammo unga siyosiy jabrdiyda sifatida qaralmoqda. Eng kamida oʻz tarafdorlarining koʻz oʻngida qahramonga aylanib ulgurgan. Marin Le Penga esa bunday omad kulib boqmadi. Korruptsiya boʻyicha jazosi tasdiqlangan siyosatchi sifatida uning siyosiy kelajagi xavf ostida. Shu boisdan Marin Le Penning Akrom Imomoʻgʻlini hasad bilan kuzatayotgani aniq. “Bunday paytda Turkiyada boʻlish kerak edi”, deb ichidan oʻtkazayotganiga shubham yoʻq. Jurnalist Abdulqodir Selvi maqolasidan.
Akrom Imomoʻgʻli
bilan frantsuz siyosatchisi Marin Le Penning siyosiy taqdiri qiziq nuqtada kesishdi.
Marin Le Pen uzoq muddat davom etgan korruptsiya ishi boʻyicha aybdor deb topildi. U
kelgusi prezidentlik saylovida qatnasholmaydi.
Akrom Imomoʻgʻli esa JHPdan prezidentlikka nomzod sifatida eъlon qilindi, biroq u ayni paytda
korruptsiya ishi tufayli hibsda. Agar sud uni aybdor deb topsa, prezidentlikka
nomzod boʻlolmaydi. Shuningdek, Imomoʻgʻlining diplomi ham bekor qilindi. Agar bu
qaror sud tomonidan bekor qilinmasa, Imomoʻgʻli prezidentlikka nomzodlikka ariza
topshirolmaydi.
FAVORIT DEB KOʻRILAYoTGANDI
Marin Le Pen – kuchayib kelayotgan oʻng qanot radikal kuchlar etakchisi. U Makron
bilan boʻlib oʻtgan soʻnggi prezidentlik
saylovining ikkinchi bosqichida kichik farqda yutqazgandi. 2027 yilda prezident boʻlishi deyarli aniq deb
qaralayotgandi. Ammo
korruptsiyada aybdor
deb topilgani bois ham qamoq jazosiga hukm qilindi, ham siyosiy taqiqqa uchradi.
Bu holatda uning kelgusi saylovlarda asosiy nomzod sifatida koʻrilishini bir chetga suring, balki
nomzod ham boʻlolmaydi.
KAMPANIYaLARI
FARQLI
Imomoʻgʻli
va Marin Le Penning siyosiy taqdirlarida bir-biri bilan kesishmagan nuqta esa
ular toʻgʻrisida yuritilayotgan kampaniyalarda koʻzga tashlanadi.
Akrom Imomoʻgʻli
Istanbul shahar hokimligidagi ayrim pulli ishlar tufayli korruptsiya, pora va
talon-toroj qilish ayblovlari bilan hibsda. Ammo unga siyosiy jabrdiyda sifatida qaralmoqda.
Eng kamida oʻz tarafdorlarining koʻz oʻngida qahramonga aylanib ulgurgan.
Marin Le Pen esa bunday omad kulib boqmadi. Korruptsiya boʻyicha jazosi
tasdiqlangan siyosatchi sifatida uning siyosiy kelajagi xavf ostida. Chunki
Frantsiyada sobiq prezidentlar Jak Shirak va Nikolas Sarkozi ham korruptsiya tufayli
qamoq jazosiga hukm qilingani uchun siyosiy hayotlari tugagandi. Shu boisdan Marin
Le Penning Akrom Imomoʻgʻlini hasad bilan kuzatayotgani aniq. “Bunday paytda
Turkiyada boʻlish kerak edi”, deb ichidan oʻtkazayotganiga shubham yoʻq.
QAHRAMON BOʻLDI
Bizda yillar davomida “Korruptsiya va pora ayblovlari tufayli
Yaponiyada siyosatchilar xarakiri qiladi, Evropada esa isteъfo beradi” deyishardi.
Ammo gap Akrom Imomoʻgʻliga kelganda, uni qahramon sifatida koʻtarishdi.
Marin Le Pen korruptsiya ishi tufayli aybdor deb topilib,
prezidentlikka nomzod boʻlishi taqiqlangach, frantsuzlarning ahvoliga achinib ketdim.
Bizlar boʻlganimizda edi,
Eyfel manorasi oldida
namoyish oʻtkazishga chaqirib, tashkilotlarni koʻchaga chorlar, politsiyaga kislota otib, bolta koʻtarib chiqar, Marin
Le Penni qahramonga aylantirgan boʻlardik.
Frantsiyada ham “sariq jiletlilar” bor, ammo yo ularning Akrom Imomoʻgʻlisi
yoʻq yoki ularga Oʻzgur
Oʻzel etishmayapti.
BU FRANTsIYaDA BIRINChI MARTA BOʻLAYoTGAN HODISA EMAS
SARKOZI IShI
Turk xalqiga
yaxshi tanish boʻlgan magʻrur frantsuz prezidentlaridan Nikolas Sarkozi pora
ayblovlari bilan qiyin ahvolga tushib qolgan. Uning partiyasiga nisbatan olib borilgan moliyaviy
tergovda maъlumotni oshkor qilgani uchun sudьyaga pora taklif qilish ayblovi bilan qamoq
jazosiga hukm etilgan.
Sarkozi 2007 yilgi saylov kampaniyasida Liviya etakchisi
Muammar Qaddofiydan
pul olgani iddao qilingan ish boʻyicha ham sudlanmoqda va unga 10 yillik qamoq
jazosi talab qilinmoqda.
ShIRAK HAM QAMOQQA HUKM QILINGANDI
Jak Shirak Frantsiyaning eng mashhur va eng uzoq muddat
prezidentlik qilgan shaxslaridan biri edi. Parij shahar hokimi boʻlgan davrida
partiyasi aъzolariga ishlamasalar ham maosh tayinlagani uchun aybdor deb topilgan.
79 yoshida qamoq jazosiga hukm qilingan Shirak bu qarorni xotirjamlik bilan qabul
qilgan.
IMOMOʻGʻLI
IShI
Aybsizlik prezumptsiyasi asosiy tamoyildir. Akrom Imomoʻgʻli va
uning atrofidagi korruptsiya, pora va talon-toroj qilish
ayblovi bilan sudlanayotgan shaxslar boʻyicha sud qarori kutilish kerak. Biroq 560
milliard liralik yirik korruptsiya va pora ayblovi qoʻyilgan, pul manbalari bilan
bogʻliq gumon qilingan, 25 ta guvoh ularga qarshi koʻrsatma bergan holatda Imomoʻgʻlining
qahramon qilib koʻrsatilishi ajablanarlidir.
MARIN LE PEN HODISASI
Frantsuzlarning
aqli yoʻqmi yoki
bizda bir gʻalatilik bormi?
Marin Le Pen oʻtgan prezidentlik saylovida kichik farq bilan
yutqazgandi. 2027
yilda esa asosiy nomzod deb qaralayotgandi. Ammo u bir necha yil oldin boshlangan korruptsiya
surishtiruvi doirasida Evropa Ittifoqi fondlarini talon-toroj qilishda aybdor deb topildi va
qamoq jazosiga hukm qilindi. Shu sababli kelgusi prezidentlik saylovida qatnashish
imkoniyati yoʻq.
Ammo hech kim “Marin Le Pendan qoʻrqishdi, uning prezident
boʻlishini toʻxtatish uchun bunday ish qilishdi” demayapti.
Frantsuzlar buning uchun koʻchalarga chiqmayapti, Marin Le Pen ham “Mening nomzodligimni
toʻxtatishmoqda, barchangizni koʻchalarga chaqiryapman” demayapti.
IKKI KUChLI ETAKChI
Ikki Germaniyani birlashtirib, jahon siyosatida iz qoldirgan
Helmut Kolь va Frantsiyaning kuchli prezidentlaridan Jak Shirak korruptsiya
ayblovlari tufayli siyosiy faoliyatini soya ostida yakunlashgan.
Evropa prezidentlari va bosh vazirlarining ayrimlari hali
sudlanmasdan, faqat korruptsiyaga doir gumonlar tufayli isteъfo berishgan.
Qahramondan oʻgʻri chiqishi mumkin, lekin oʻgʻridan qahramon
yasashmaydi.
Abdulqodir Selvi, Turkiyaning “Hurriyat” nashri
jurnalisti