18.04.2025 17:02
105

“Malakali mutaxassislar faqat boshidagi roʻmol tufayli ishga qabul qilinmayapti”

Turkiyaning “Ayollar va Demokratiya” jamgʻarmasi raisi Sumayya Erdoʻgʻon Bayraktar ishga joylashish jarayonida hijobli ayollarga nisbatan kamsitish holatlariga eъtibor qaratdi. U Frantsiya va Shimoliy Kiprdagi cheklov siyosatini tanqid qilib, eъtiqod erkinligini himoya qilishga chaqirdi.


“Koʻplab mamlakatlarda hijob ayollar uchun toʻsiq boʻlib qolmoqda. Malakali mutaxassislar faqat boshidagi roʻmol tufayli ishga qabul qilinmayapti”, degan u. 


Sumayya xonim keltirgan statistikaga koʻra, ish beruvchilar tomonidan ochiq kiyingan ayollarga qaraganda hijobli ayollarning rezyumelari qabul qilinishi 65 foizga kam. Shuningdek, 30–40 foiz hijobli xodimlar xizmat pogʻonalarida oʻsishda cheklovlarga duch kelmoqda.


Bayraktarning taъkidlashicha, bu holatlar nafaqat muslima ayollarga, balki butun jamiyat taraqqiyotiga salbiy taъsir koʻrsatmoqda. 


“Ayol dini va kasbi oʻrtasida tanlov qilishga majbur boʻlsa, bu jamiyatning oʻzi uchun katta yoʻqotishdir”, degan u.

Mavzuga aloqador