11.04.2025 10:50
133
Turkiya AQShdan katta miqdordagi harbiy mahsulotlarni sotib olmoqchi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanning maъlum qilishicha, mamlakat mudofaa vazirligi va milliy kompaniyalari Qoʻshma Shtatlardan umumiy qiymati 20 milliard dollarga teng harbiy mahsulotlar va butlovchi qismlar xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Vazir mazkur xaridlar Turkiya harbiy-sanoat majmuasining ehtiyojlarini qondirish maqsadida zaxira qismlar va boshqa zarur komponentlarni oʻz ichiga oladi, deya maъlum qildi.
Avvalroq, Hoqon Fidan CNN Türk telekanaliga bergan intervьyusida: “Agar qoʻshni davlatda Turkiyaga tahdid solishi mumkin boʻlgan beqarorlik yuzaga kelsa, biz bunday vaziyatda tomoshabin boʻla olmaymiz. Barcha zarur choralarni koʻramiz”, degan edi.