30.11.2024 09:44
Made in Turan brendi ostidagi mahsulotlar namoyish etildi
Ozarbayjonda Made in Turan brendi ostidagi mahsulotlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Turkiy davlatlarning umumiy tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan ilk mahsulotlar milliy taomlar va kiyim-kechaklar boʻlishi maʻʻlum qilindi.
Bokuda boʻlib oʻtgan elektron tijorat va eksport forumida Made in Turan brendi ostidagi mahsulotlar namoyish etildi, deb xabar berdi Trend.az.
Ozarbayjon franchayzing assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Jamid Movsumov brend ostida oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar sotilishini aytdi.
Umumiy tovar belgisi turkiy tilli davlatlar mahsulotlarini xalqaro bozorda ilgari surish uchun qoʻllaniladi. Uyushma rejasiga koʻra, brend sifat belgisiga aylanadi va uning ostida faoliyat koʻrsatuvchi ishlab chiqaruvchilar bojxona imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.
Jamid Movsumov Turan agentligiga bergan intervʻyusida yangi brend ostidagi ilk mahsulotlar milliy taomlar va kiyim-kechak boʻlishini aytdi.
Brendga qoʻshilish shartlari 2025 yilning bahorida eʻʻlon qilinishi rejalashtirilgan. Endilikda assotsiatsiya Made in Turan mahsulotlari Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (OTT) aʻʻzo mamlakatlarda foydalanishi mumkin boʻlgan imtiyozlar haqida muzokaralar olib bormoqda.