28.07.2025 12:13
113

Litva nega oʻzbekistonlik migrantlar koʻpayishidan xavotirda?



Litvada rus tilida gapiradigan odamlar soni ortib bormoqda. Bunga sabab — Ukrainadan kelgan qochqinlar hamda Tojikiston va Oʻzbekiston kabi Markaziy Osiyo davlatlaridan kelayotgan mehnat muhojirlari ekani aytilmoqda.

Litvaning Milliy ozchiliklar masalalari boʻyicha departamenti direktori jamiyatni "ruslashtirishdan xalos etish" qiyin kechayotganini tan oldi, chunki yangi kelgan aholining aksariyati aynan rus tilida muloqot qilyapti.

Oxirgi 2,5 yil ichida mamlakatdagi Tojikiston fuqarolari soni 4,5 barobarga oshgan!

Mahalliy nashrlarning yozishicha, bu vaziyatga toqat qilib boʻlmaydi – Vilьnyusdagi jamoat joylarida rus tili tobora koʻproq yangrayotgani xavotirlarga sabab boʻlyapti.

Mavzuga aloqador