19.12.2023 16:44

Germaniya Ikkinchi Jahon Urushidan beri birinchi marta qoʻshinlarini oʻz chegaralaridan tashqariga joylashtiradi.

Germaniya II Jahon Urushidan buyon ilk bor qoʻshinlarini xorijga joylashtiradi

Germaniya Ikkinchi Jahon Urushidagi magʻlubiyatidan soʻng ilk bor oʻz qoʻshinlarini chegaralaridan tashqariga – Litvaga joylashtiradigan boʻldi. Bu haqda Newsweek xabar bermoqda.

Litva mudofaa vaziri germaniyalik hamkasbi Boris Pistorius bilan uchrashib, Boltiqboʻyi mamlakati hududiga harbiy kuchlarni joylashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” harakat rejasini kelishib oldi.

Ushbu “Yoʻl xaritasi” doirasida Litvaning Kaunas va Vilʻnyus shaharlariga 4800 nafar atrofida nemis askarlari joylashtiriladi. Qoʻshinlarni joylashtirish 2024 yildan boshlanadi va katta qismi 2025-26 yillarda oʻz dislokatsiyalarini egallaydi. 2027 yildan esa toʻliq jangovar shay holatga keltiriladi.

Dasturning ikki jihati eʻʻtiborga molik. Birinchisi - Litva barcha zarur fuqarolik va harbiy infratuzilma bilan taʻʻminlaydi. Ikkinchisi - harbiy xizmatchilar oʻz oilalari bilan harakat qilishadi. 

Mavzuga aloqador