Krokus Siti Xolda 100 dan ziyod insonni qutqargan Islom Xalilovga mukofot topshirildi
Krokus Siti Xoldagi teraktda 100 dan ziyod insonning hayotini saqlab qolgan 15 yoshli qirgʻizistonlik Islom Xalilovga Rossiya musulmonlarining oliy mukofoti topshirildi. Shuningdek, unga Moskvaning “Spartak” jamoasi familiyasi yozilgan futbolka va barcha uy uchrashuvlari uchun aboniment tortiq qildi. Musiqachi Morgenshtern esa bolaga 1 mln rublʻ yubordi.
Rossiya
musulmonlari diniy etakchisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin 22 mart kuni Krokus
Siti Xoll binosidan yuzdan ortiq odamni olib chiqqan qirgʻizistonlik 15 yoshli Islom
Xalilovga musulmonlarning oliy mukofotini topshirdi. Bu haqda Rossiya Muftiylar
kengashi saytida xabar berildi.
Islom Xalilov 29 mart kuni Rossiya musulmonlarining “Buyuk
xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlanadi.
Shuningdek,
Moskvaning “Spartak” futbol klubi ham terakt sodir etilgan binoda garderobchi
boʻlib ishlaydigan Islam Xalilov bilan uchrashuv tashkil etib, bolaga familiyasi
yozilgan futbolka hamda klubning barcha uy uchrashuvlari uchun aboniment tortiq
qildi.
24.kg
saytining qayd etishicha, Islom oʻqish va ishdan boʻsh vaqtlarida “Spartak” bolalar
termasida oʻynaydi.
Maʻʻlumot
uchun, oʻsmir Krokus Siti Xoll kontsert zalining garderobida yarim kunlik ishda
ishlab kelgan. Uning soʻzlariga koʻra, ishga qabul qilingandan soʻng barcha
xodimlarga favqulodda vaziyatlarda koʻrsatmalar berilgan. Terakt paytida u
koʻrsatmalarga muvofiq harakat qilgan, evakuatsiyani oʻz qoʻliga olgan va 100 dan ziyod kishini xizmat yoʻlagi orqali xavfsiz joyga olib
chiqqan.
Rossiya Tergov
qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin buyrugʻi bilan Islom Xalilov idoraviy
mukofot bilan taqdirlanishi maʻʻlum boʻldi.
Bolaning
onasi Ayperining tan olishicha, u oʻgʻlining taqdiridan qattiq xavotirga tushgan va
Internetda nima boʻlayotganini koʻrib yigʻlagan.
“Bularning
barchasini koʻrib, juda qoʻrqib ketdim va yigʻladim. Oʻgʻlimning shunday
ahvolda qolgani uchun Xudoga shukr qilaman. U ham shokda edi. Biz oʻgʻlimiz bilan
faxrlanamiz”, — dedi Ayperi.
Maʻʻlum
qilinishicha, Islomning otasi Qirgʻizistonning Suzoq, onasi esa Oʻzgan viloyatidan. Bolaning oʻzi Rossiyada tugʻilgan. U uchta
farzandning eng kattasi.
Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni Moskva yaqinidagi Krokus Siti
Xoll kontsert zali binosida
terakt sodir etildi. Dastlabki
maʻʻlumotlarga koʻra, binoga niqobsiz, kamuflyajdagi toʻrt nafar terrorchi bostirib kirib, odamlarni aniq
masofadan oʻqqa tuta boshlagan.
Rossiya Tergov qoʻmitasi maʻʻlumotlariga koʻra, 137 kishi halok boʻlgan.
Terakt oqibatida yaralanganlar va halok boʻlganlarning umumiy
soni 287 kishiga etdi.
Moskva viloyati Sogʻliqni saqlash vazirligi terakt oqibatida uch
bola halok boʻlganini maʻʻlum qildi.
FSB Moskva viloyatidagi Krokus Siti Xoll binosiga uyushtirilgan hujumda toʻrt kishi ishtirok
etgani, ular Bryansk viloyatida qoʻlga olinib, Moskvaga olib ketilgani haqida
xabar berdi. Moskvaning Basmanniy sudi ularga nisbatan ehtiyot chorasini tanladi.