Kobulda afgʻon qirgʻizlarining holati muhokama qilindi
Qirgʻiziston iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiev Afgʻoniston bosh vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy bilan uchrashdi. Uchrashuvda Katta va Kichik Pomirdagi afgʻon qirgʻizlarining ahvoli bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Kobulda Qirgʻiziston
iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiev Afgʻoniston bosh vazirining maʻʻmuriy
masalalar boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy bilan
uchrashdi. Bu haqda Qirgʻiziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuvda
ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, shuningdek, Katta va Kichik Pomirdagi afgʻon
qirgʻizlarining ahvoli bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. Suhbatdoshlar
mintaqa farovonligini oshirish jihatlarini, jumladan, Afgʻoniston tomoni koʻtargan
tashabbuslarni muhokama qildilar.
Abdul
Salam Hanafiy Pomir mintaqasidagi hayotni yaxshilash, jumladan, chekka hududlarda
aloqa va infratuzilmani rivojlantirishga yordam beruvchi uyali aloqa minorasi
oʻrnatilishiga qaratilgan saʻʻy-harakatlarni alohida taʻʻkidladi.
Yigʻilishda
viloyatda sogʻliqni saqlash sohasini takomillashtirish chora-tadbirlariga alohida
eʻʻtibor qaratildi.
Tomonlar
sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishni taʻʻminlash va mahalliy aholi
salomatligini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni muhokama qildi.
Qirgʻiziston
iqtisodiyot vaziri afgʻon tomonining mintaqa oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni hal etish borasidagi tashabbuslarini ijobiy qayd etdi.
Tomonlar
har ikki mamlakatda mahalliy aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan asosiy masalalar
yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirishdan umidvor ekanliklarini
bildirdilar.