10.05.2025 13:03
283

Kerak boʻlsa Turkiyani doʻzaxga aylantiramiz – hind generali


Hindiston–Pokiston mojarosi davom etarkan, mamlakat bosh vaziri Modiga yaqin boʻlgan nafaqadagi general Gagandep Bakshi Turkiyaga qaratilgan bayonotlar bilan chiqdi. 

YouTube’dagi New India Junction kanali orqali Turkiyaga ochiq tahdid qilgan Bakshi Hindiston oʻzining yadroviy qudrati bilan zarurat tugʻilsa Turkiyani parchalab yuborishi mumkinligini taъkidlagan.

Uning iddao qilishicha, Turkiya anchadan beri oʻzini yomon tutyapti va dunyoda xalifalikni tiklashga urinmoqda.

Bakshi rasmiy Anqara Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi urushga aralashib xato qilganini aytarkan: "Turkiya Jammu va Kashmirga 3 mingga yaqin jihodchilarni yuborishni rejalashtirayotganini, kerak boʻlsa hindlar ushbu mamlakatni doʻzaxga aylantirishini" qoʻshimcha qilgan.

Mavzuga aloqador