Kagʻitxaneda kamida 10 marta masjidga borgan bolalarga velosiped sovgʻa qilinadi
Istanbulning Kagʻitxane tumanida masjidga kamida 10 marta borgan bolalarga sovgʻa sifatida velosiped berilishi eʻʻlon qilindi.
Turkiyaning
Istanbul shahri Kagʻitxane tumanida bolalarni masjidga borish va namoz oʻqishga odatlantirish
maqsadida “Yoshlik
uygʻonmoqda, oila namozda birlashadi” loyihasi boshlandi, deya xabar
bermoqda DHA.
Loyihada tumandagi turli masjidlarda har yakshanba kunlari kamida 10 marta
oʻtkaziladigan uchrashuv dasturiga tashrif buyurgan bolalarga velosiped sovgʻa
sifatida taqdim etiladi.
Ushbu
loyiha Kagʻitxane
hokimligi va Milliy taʻʻlim mudirligi,
Taʻʻlimni qoʻllab-quvvatlash platformasi, “Jihannuma”, “Eitim-Bir-Sen”, “Ansor” vaqfi, tuman muftiyligi, “Anadolu yoshllik darnagi” (nodavlat notijorat
tashkiloti – tahr.), “Hayrat” vaqfi, Imom‑xatib bitiruvchilari darnagi, Turkiya yoshlik vaqfi, Inson va madaniyat harakati hamda Insoniy yordam vaqfi (İHH) tomonidan
amalga oshirilishi maʻʻlum qilindi.
“Yoshlik
uygʻonmoqda, oila namozda uchrashadi” loyihasi doirasida har yakshanba kuni
tumandagi turli masjidlarda oʻtkaziladigan uchrashuv dasturi bolalar va yoshlarni
masjidga borishga, diniy amallarni
ado etib, bilim olishga daʻʻvat etishdan iborat. Loyiha yakunida masjidga kamida 10
marta kelgan bolalar va yoshlar velosiped bilan taqdirlanadi.
Kagʻitxane hokimi Mevlut Oʻztekin
har yakshanba kuni bomdod namoziga qatnashgan bolalar va yoshlar ushbu loyihaga katta qiziqish bildirganini taʻʻkidladi. “Bolalar va
yoshlarimiz loyihaga katta qiziqish bildirdi. Ularning koʻpchiligi namozga oila
aʻʻzolari bilan birgalikda kelmoqda. Har yakshanba kunlari 2 ming kishigacha boʻlgan
jamoatni hosil qilyapmiz. Ham maʻʻnaviyatlarini yuksaltirishlari, ham mana shunday
huzurli bir muhit goʻzalligidan oila boʻlib bahramand boʻlishlarini istaymiz.
Targʻib qilish maqsadida ularni mukofotlaymiz ham. Qatnashchilarga alohida‑alohida
minnatdorchilik bildiraman”, ‑ dedi.