07.06.2024 13:21

Janubiy Koreya prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Janubiy Koreya prezidenti  Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Seok Yol 10-15 iyunʻ kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonda boʻladi. Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi birinchi oʻrinbosari Kim Tae Xening aytishicha, Yun dushanba kuni birinchi xonim Kim Keon Xi hamrohligida olti kunlik safarini boshlaydi va 15 iyunga qadar Markaziy Osiyoning uchta davlatiga tashrif buyuradi.

Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol kelasi hafta davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonga boradi. Bu haqda bugun, juma kuni Janubiy Koreya etakchisining idorasi maʻʻlum qildi.

Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi birinchi oʻrinbosari Kim Tae Xening soʻzlariga koʻra, Yun dushanba kuni birinchi xonim Kim Keon Xi hamrohligida olti kunlik safarini boshlaydi va 15 iyunga qadar Markaziy Osiyoning uchta davlatiga tashrif buyuradi, deb xabar qildi Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi.

“Qadimgi Ipak yoʻlining markazi boʻlgan Markaziy Osiyo Evropa va Osiyoni bogʻlovchi strategik nuqtadir”, — dedi Kim matbuot anjumanida. “Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi mojaro kabi omillar taʻʻsirida global inqiroz kengaygani sari mintaqaning strategik ahamiyati yanada ortib bormoqda”.

Prezident Qosim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sek Yol 11-13 iyunʻ kunlari davlat tashrifi bilan Qozogʻistonda boʻladi. Bu haqda Oqorda matbuot xizmati xabar berdi.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, davlat rahbarlari muzokaralar oʻtkazadi va Qozogʻiston-Koreya biznes-forumida ishtirok etadi. Tashrif doirasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Mavzuga aloqador