29.05.2025 09:37
156
Italiya bosh vaziri Samarqandga etib keldi
Prezident Shavkat Mirziyoev taklifiga binoan Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni 28 may kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirni davlat rahbari shaxsan kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 29 may kuni boʻlib oʻtadi.
Shuningdekb oliy darajadagi muzokaralar va boshqa qator ikki tomonlama tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilmoqda.
https://president.uz/uz/lists/view/8163