06.02.2024 13:56

Istanbuldagi sud binosiga hujum uyushtirishga urindi: ikki terrorist yoʻq qilindi

Turkiyaning Istanbul shahri Chaglagan tumani sud binosi kiraverishidagi xavfsizlik postiga qurolli hujum uyushtirildi. Ikki terrorist yoʻq qilindi. Olti kishi, jumladan, uch politsiyachi jarohatlandi.

Turkiyaning Istanbul shahri Chaglagan tumani sud binosi kiraverishidagi xavfsizlik postiga qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya ijtimoiy tarmoqda maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Uning soʻzlariga koʻra, ikki hujumchi (erkak va ayol) yoʻq qilingan.

Olti kishi, jumladan, uch politsiyachi yaralangan, dedi vazir.

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:46 da sodir boʻlgan, deya taʻʻkidladi boʻlim boshligʻi.

Vazir, hujum qilganlarning DHKP/C terror tashkiloti aʻʻzolari ekanligini aytdi.

Mavzuga aloqador