Istanbuldagi katolik cherkoviga uyushtirilgan hujum ortidan Rossiya va Tojikiston fuqarolari hibsga olindi
Istanbulning Sarier tumanidagi Santa Maria katolik cherkoviga niqobli ikki qurollangan shaxs hujum qilishi oqibatida bir kishi halok boʻldi. Hujum ortidan 47 kishi, jumladan, ikki nafar xorijlik – Rossiya va Tojikiston fuqarolari qoʻlga olingan.
28 yanvarʻ kuni tushdan keyin, yakshanba ibodati vaqtida Istanbulning Sarier
tumanidagi Santa Maria
katolik cherkoviga niqobli ikki qurolli shaxs hujum qildi. Ular ibodatchilarga qarata oʻq
uzgan, soʻng voqea joyidan qochib ketgan. Bir kishi halok boʻldi.
“Holat
boʻyicha keng koʻlamli surishtiruv ishlari boshlandi va hujumchilarni qoʻlga olish
harakatlari olib borilmoqda. Biz bu jirkanch hujumni keskin qoralaymiz”, ‑ dedi mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya. U hujum yuzasidan tergov
boshlanganini qoʻshimcha qildi.
Istanbuldagi katolik cherkoviga uyushtirilgan hujumdan keyin 47
kishi, jumladan, ikki nafar xorijlik – Rossiya va Tojikiston fuqarolari qoʻlga
olindi.
IIV rahbarining
soʻzlariga koʻra, Tojikiston va Rossiya fuqarolari “Islomiy davlat” tashkilotiga (bir
qator davlatlar tomonidan terrorchi deb tan olingan) aloqador. Guruh avvalroq
hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan edi.
"Cherkovga qilingan hujumdan soʻng darhol politsiya keng
koʻlamli operatsiyani boshladi. Yakshanba kuni 30 ta manzilda 47 kishi qoʻlga olindi", dedi Erlikaya brifingda.
Turkiya hukumati qurolli hujumni qoraladi. Istanbul
gubernatori Dovut Gul va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon voqea
munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Erdoʻgʻon gumondorlarning tez orada qoʻlga
olinishiga umid qilishini
aytdi.