12.07.2025 10:55
30
isroil AQShni Turkiyaga F-35 samolyotlarini sotmaslikka chaqirdi
Isroilning yuqori lavozimli amaldori AQSh Kongressini Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishni toʻxtatishga chaqirdi. Uning taъkidlashicha, bu Isroilning harbiy ustunligiga tahdid soladi va Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin.
Amaldor asosiy xavf sifatida Turkiyaning “neo-usmoniy” daъvolarini, HAMASni qoʻllab-quvvatlashini va Suriyadagi harbiy operatsiyalarini tilga olgan.
Shuningdek, u Isroil bilan Turkiya oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlar xavfi ortib borayotganini aytgan. Anqaraning maqsadi Usmoniylar imperiyasini tiklash va Quddus ustidan nazoratni qaytarib olish, degan sionist amaldori Breitbart News nashriga bergan intervьyusida.