16.09.2025 09:37
58

Islomiy bank faoliyatini joriy qilishga oid qonun loyihasi ishlab chiqildi



Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga oid qonun loyihasi ishlab chiqildi. 

OʻzLiDeP fraktsiyasining 15 sentyabrь kungi yigʻilishida "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi muhokama qilingan.

Qonun loyihasi Oʻzbekistonda Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) hamda Islom moliyasi xizmatlari kengashi (IFSB) standartlariga mos keluvchi islomiy bank faoliyati uchun zarur huquqiy asos yaratishga qaratilgan.

Ushbu Qonun Oʻzbekistonda islomiy banklar va islomiy "darcha"lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, "yashirin" iqtisodiyot ulushini kamaytirish, qolaversa mamlakatimizga islomiy bank faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

BMT Taraqqiyot dasturi soʻrovnomasiga koʻra, Oʻzbekistonda aholining 68 foizi, biznes vakillarining esa 60 foizi diniy eъtiqodi sabab anъanaviy bank xizmatidan foydalanishni xohlamaydi.

Mavzuga aloqador