30.08.2025 09:36
178
Islom ulamolari fatvosidan soʻng Turkiya isroil bilan aloqalarini toʻliq uzdi
Kecha, 29 avgust kuni 150 dan ortiq ulamolar musulmon davlatlarning isroil bilan har qanday aloqalarini darhol uzishi farz ekanini eъlon qilgandi.
Shundan soʻng, tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Turkiya isroil bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini toʻliq bekor qilgani va mamlakat havo yoʻllari ham ular uchun yopilganini maъlum qildi.
Maъlumot uchun, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarning umumiy miqdori 2023 yilda 7 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bundan 70 foizi, yaъni 5,4 mlrd dollar Turkiya eksporti hissasiga toʻgʻri kelgan. 2024 yilda esa ikki davlat oʻrtasidagi koʻrsatkich biroz pastlab, 6 mlrdni tashkil qilgan.
Turkiya eksportining asosiy qismi temir, poʻlat, alyuminiy va plastik kabilarni tashkil qiladi. Shuningdek, Turkiyada yigʻilayotgan Evropa avtomobillari va qishloq xoʻjalik mahsulotlari ham isroilga eksport qilinadi.
Mutaxassislar Turkiyadek yirik savdo hamkorini yoʻqotish isroil iqtisodiga jiddiy zarba berishi mumkinligini tahmin qilishmoqda. Chunki Turkiya mahsulotlari oʻrnini bosish bandargohlari boʻshab qolgan isroil uchun oson kechmasligi mumkin.