Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonda qariyb 300 mln dollar ajratadi
Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonda taъlim va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash uchun qariyb 300 mln dollar ajratadi. Grant bitimlari doirasida inklyuziv taъlim talablariga asoslangan jami 58 ta maktabi quriladi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatidan oʻtuvchi A-373 avtomobilь yoʻli rekonstruktsiya qilinadi.
Oʻzbekiston Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan mamlakatdagi
taъlim va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish
yuzasidan ikkita grant bitimini imzoladi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya
vazirligi matbuot xizmati.
16 fevralь kuni Ar-Riyod shahrida (Saudiya Arabistoni) bosh
vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov ITB prezidenti
Muhammad Al Jasser bilan uchrashdi. Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekistonda
transport infratuzilmasi va taъlimni rivojlantirish, jumladan, ularda zamonaviy
loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Xususan, imzolangan birinchi bitimga koʻra, mamlakatda taъlim
sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan SmartED loyihasi amalga
oshiriladi. Buning uchun bank 160,25 mln dollar ajratadi.
Loyiha doirasida inklyuziv taъlim talablari asosida mamlakat
boʻyicha jami 58 ta umumiy oʻrta taъlim maktabi quriladi. Ulardagi sinflar
laboratoriya jihozlari, raqamli texnika va mebellar bilan taъminlanadi.
Shuningdek, hujjat oʻquv qoʻllanmalarini yangilash, pedagoglarni tayyorlash
dasturlarini takomillashtirish, baholash metodikasini qayta koʻrib chiqish va 2026
yilgacha barcha maktab oʻquvchilarini inklyuziv taъlim tizimi bilan qamrab olishni
nazarda tutadi.
Imzolangan ikkinchi bitimda esa Sirdaryo viloyatining Oqoltin,
Mirzaobod va Sardoba tumanlaridan oʻtuvchi A-373 avtomobilь yoʻlini rekonstruktsiya
va modernizatsiya qilish belgilangan. Buning uchun 138,8 mln dollar yoʻnaltiriladi.
Transport talablarini qondirish uchun umumiy uzunligi 37 km
boʻlgan yoʻl qismi toʻrtta yoʻlakkacha kengaytiriladi. Bu 2030 yilgacha yoʻlga
ketadigan vaqtni 30 daqiqagacha qisqartirishi va avariya holatlarini taxminan 40
foizga kamaytirishi kutilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi mintaqalar va qoʻshni
davlatlar oʻrtasidagi transport aloqasini yaxshilab, savdo va turizmni
rivojlantirishga yordam berishi qayd etildi.
«Ushbu kelishuvlar ITBning Oʻzbekistonda barqaror rivojlanish,
iqtisodiy oʻsish va infratuzilmani rivojlantirishga sodiqligini yana bir bor
tasdiqlaydi», — deyiladi bank axborotida.