04.09.2025 15:45
149

Islom olami bu zolim, kofir Netanьyaxuga qarshi qoʻl qovushtirib kuzatib turolmaydi – Erdoʻgʻon




Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon kuni kecha qilgan chiqishida Islom dunyosi Falastindagi voqealarga, "zolim, kofir Netanьyaxuning fitnasiga" befarq qarab tura olmasligini taъkidladi.

"Shuning uchun dunyoning qaysi burchagida musulmon boʻlmasin, qalbimiz, ongimiz va ruhimiz ular bilan birga. Shu sabab biz barcha musulmonlarni taroq tishlari kabi, bino gʻishtlari kabi yagona tananing aъzolari sifatida koʻramiz. Aynan shu sabab bugun biz Falastindamiz. Aynan shu sababli bugun biz Gʻazodamiz. Aynan shu sababli biz Falastinda roʻy berayotgan voqealarga – oʻsha zolim, Netanyaxu deb ataluvchi kofirning bu bosqinchiligiga hech qachon befarq qarab tura olmaymiz", degan Erdoʻgʻon Mavlidun Nabiy haftaligining ochilishida.

Turkiya rahbari ushbu onlarda butun dunyoda zulmga uchrayotgan musulmonlar haqqiga duo qilinishini qoʻshimcha qilgan.

"Yuragimizning yarmi bu erda boʻlsa, qolgan yarmi Gʻazoda, Falastinda, Yamanda, Sudanda va Afgʻonistonda – Islom olamining qonli hududlarida. InshaAlloh, bugun kechqurun qiladigan ibodatlarimizda mazlumlarni va jabrdiydalarni, qaerda boʻlishidan qatъi nazar, unutmaymiz. Ular uchun ham qoʻllarimizni osmonga koʻtarib duo qilamiz", degan u.

Erdoʻgʻon ushbu nutqi orqali musulmonlarni bir tan-bir jon boʻlib, yovuz dushmanlarga qarshi kurashishga undagan.

Mavzuga aloqador