12.05.2025 23:29
174
HuDaPar partiyasi Turkiya hukumatini Mubashshir Ahmad masalasida shaffof bayonot berishga chaqirdi
Turkiyaning yirik partiyalaridan biri, Erdoʻgʻon rahbarligidagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasining asosiy ittifoqchilaridan biri boʻlmish HuDaPar ("Hur daъvo") partiyasi hukumatni oʻzbekistonlik mashhur olim shaxsiyati, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad bilan bogʻliq masala boʻyicha shaffof bayonot berishga chaqirdi. (https://x.com/HudaParHukuk/status/1922001044915056742?t=IQn67rejAp8xtOSHVX83GQ&s=19)
Partiya oʻz bayonotida ushbu masalaning qay darajada ahamiyatli ekanini quyidagicha ifodalagan:
"Xalqaro qonun va Turkiya tomonidan tan olingan shartnomalar zulm qilinish xavfi ostidagi shaxslarning biror talabga koʻra topshirib yuborilishini ochiqchasiga taqiqlaydi. Insonparvarlik tamoyillariga va qochqinlarning boshpana soʻrash huquqiga rioya qilinishi nafaqat konstitutsiyaviy, balki vijdoniy majburiyat hamdir", deyiladi HuDaParning bayonotida.
Partiya mazkur holat boʻyicha oʻz xavotirini izhor qilar ekan, mutasaddilarni darhol vaziyat boʻyicha shaffof bayonot berishga va Mubashshir Ahmadni Oʻzbekiston hukumati talabiga binoan topshirib yuborish kabi ogʻir javobgarlikka sabab boʻladigan qadamni tashlamaslikka chaqirdi.