Germaniyada qizil uchburchaklar taqiqlandi
Germaniya Vakillar palatasi HAMASning harbiy qanoti Al-Qassam brigadalari oʻz videolarida nishonlarini koʻrsatish uchun qoʻllagan qizil teskari uchburchakni taqiqlash uchun ovoz berdi. Muxolifatchi partiyalar ushbu tashabbusni tanqid qilib, bu kabi taqiqlar oʻrinsiz ekani, qizil uchburchaklar esa turli tashkilotlar tomonidan uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgani va yangi tartib ularni avtomat ravishda jinoyatchiga aylantirib qoʻyishini taʻʻkidladi.
Germaniya
Vakillar palatasi HAMASning harbiy qanoti Al-Qassam brigadalari oʻz videolarida
qoʻllagan qizil teskari uchburchakni taqiqlash uchun ovoz berdi.
Xristian-demokratik
ittifoq (XDI) va Sotsial-demokratik partiya (SPD) HAMAS oʻz nishonlarini koʻrsatish
uchun belgi sifatida ishlatgan qizil teskari uchburchakni taqiqlash boʻyicha shoshilinch
taklif kiritdi. Bu tashabbus Germaniya parlamentining yalpi majlisida
koʻpchilik ovozga ega boʻldi.
XDI
fraktsiyasining ichki siyosat boʻyicha vakili Burkard Dreggerning aytishicha, maqsad
Berlin maʻʻmuriyati mazkur ramzdan
foydalanishni taqiqlashdan
iborat.
SPDdan Martin Matzning aytishicha, HAMAS odamlarni nishon sifatida belgilash
uchun ramzdan foydalanadi va uchburchakni taqiqlash asosli sabablarga koʻra
oqlanadi.
Biroq u Falastin qarshilik koʻrsatuvchi videolarda nishon
sifatida faqat Isroil askarlari, harbiy xizmatchilari va transport vositalari
koʻrinayotganini tilga olmagan.
Boshqa tomondan, muxolifat partiyalari - Yashillar, Soʻl va oʻta
oʻng AfD tashabbusni qoʻllab-quvvatlamadi.
Yashillar partiyasidan Vasiliy Frankoning taʻʻkidlashicha, umumiy
taqiqlar yigʻilishlar va fikr erkinligi huquqlari doirasiga kirmaydi.
Xuddi shunday, soʻlchi Niklas Shrader ham bunday taqiqlar oʻrinsizligini va ramzlar siyosatining samarasizligini taʻʻkidladi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, qizil uchburchak uzoq tarixga ega va
boshqa tashkilotlar tomonidan qoʻllaniladi, bu esa ularni avtomat ravishda jinoyatchiga aylanadi.