30.07.2025 10:05
111

Gʻarb Turkiya orqali Markaziy Osiyoni mustamlaka qilmoqchi – rus OAV




Qozogʻiston rahbari Qosim-Joʻmart Toʻqaevning Turkiyaga tashrifi rus OAVlarida gʻazab bilan muhokama qilindi. Rossiya propagandasi Toʻqaevni "siyosiy muvozanatni saqlash ustasi" deb atamoqda.

"Toʻqaev bir vaqtning oʻzida Gʻarb, Turkiya, Rossiya va Xitoy bilan doʻstona munosabatlarni saqlashga muvaffaq boʻlmoqda. Biroq bu "akrobatik namoyish" qancha uzoq davom etsa, uning bir vaqtda toʻrtta stulda oʻtirishi shunchalik qiyinlashib boradi", deyiladi VES24 (https://asia24.media/news/turetskiy-uzel-pochemu-otg-stanovitsya-problemoy-dlya-tsentralnoy-azii/) tahlilida.

Tahlilchilarning fikricha, Ostonaning "koʻp yoʻnalishli siyosati" bejizga Rossiyaning uyqusini uchirdi. Shundoq ham Ozarbayjonga va turkiylarni jilovlab turish uchun foydalanadigan Armanistonga gapi oʻtmay qolayotgani Moskvani jigʻibiyron qilyapti. Postsovet davlatlariga nisbatan taъsiri susayib borayotgan "katta ogʻa" hech boʻlmasa Markaziy Osiyo davlatlarini qoʻl ostida saqlab qolishga urinmoqda.   

Jumladan, VES24 Toʻqaevning Turkiyaga tashrifi haqida shunday yozadi:

"Anqara allaqachon oʻzini teng huquqli sherik emas, balki buyruq beruvchi hukmdordek tutayapti. Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) – bu tenglar ittifoqi emas, balki birodarlik niqobidagi Markaziy Osiyoni yumshoq usulda mustamlaka qilish vositasidir".

Mustamlakachi Rossiya OAVlari tomonidan taъkidlanayotgan iddaolar quyidagi mazmunda davom ettirilgan: 

"Yaqinroq nazar solinsa, hammasi ayon boʻladi: bu loyihadan eng koʻp foyda koʻrayotgan Qozogʻiston emas. Hatto Anqara ham emas. Unda kim? Albatta, bu gʻoyaning bosh prodyuseri boʻlgan London".

Mavzuga aloqador