17.02.2025 14:16

Fuqarolar murojaatini vaqtida koʻrmagan amaldorlar endi jarima toʻlaydi.

Fuqarolar murojaatini vaqtida koʻrmagan amaldorlar endi jarima toʻlaydi. Qirgʻizistonda

Qirgʻizistonda endi fuqarolar murojaatini kech hal qilgan amaldorlar jarima toʻlaydi. Mahalliy nashrlarning yozishicha, qoʻshni mamlakatda amaldorlarning jazolarini monetizatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Maъlum boʻlishicha, hayfsan tarzidagi intizomiy jazo olish amaldorlarga taъsir qilmasa, ular mukofotdan mahrum qilinadi. Maoshi esa kesib tashlanadi. Hozirda Maъmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli tuzatishlar kiritilmoqda.

Oldinroq Qirgʻizistonda toʻy va dafn marosimlarida ortiqcha xarajat qilganlar 100 ming somdan 300 ming somgacha jarimaga tortilishi aytilgandi.

Mavzuga aloqador